date

AI tufayli 65 yoshli bank xodimi ishsiz qoldi

AI tufayli 65 yoshli bank xodimi ishsiz qoldi

Avstraliyada kutilmagan voqea yuz berdi: bankda 25 yil ishlagan 65 yoshli Ketrin Sallivan sun’iy intellekt joriy etilgach, ishsiz qoldi. The Sun yozishicha, u yangi tizimni yo‘lga qo‘yishda faol qatnashgan bo‘lsa-da, keyin aynan shu texnologiya sababli ishdan bo‘shatildi.

Sallivan mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limida faoliyat yuritgan va Bumblebee AI nomli dasturiy tizimni sinovdan o‘tkazishda ham ishtirok etgan. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, u va ayrim hamkasblariga yangi texnologiyalarga o‘tish bahonasida ishdan bo‘shash to‘g‘risida xabar berilgan.

Bank matbuot xizmati ma’lum qilishicha, sun’iy intellektdan foydalanish samaradorlikni oshirish uchun joriy etilgan. Biroq dastlabki jarayonda Bumblebee AI katta hajmdagi murojaatlarni qayta ishlashda qiynaldi va natijada ayrim xodimlarga qaytib kelish taklif qilindi.

Shunga qaramay, Ketrin Sallivan bu imkoniyatdan voz kechdi. Uning aytishicha, yangi lavozim unga uzoq muddatli barqarorlikni kafolatlamagan. Bank rahbariyati esa ishdan bo‘shaganlarga moddiy va psixologik yordam ko‘rsatishini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AI tufayli 65 yoshli bank xodimi ishsiz qoldi