AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya qo‘shni mamlakatga 2022-yil fevral oyida boshlangan keng ko‘lamli bosqindan beri amalga oshirilgan eng yirik dron va raketa hujumi ortidan Ukrainadagi urush holati haqida o‘z noroziligini bildirdi.
«U yerda sodir bo‘layotgan voqealar meni qoniqtirmayapti», — dedi Oq uy rahbari 7 sentyabr, yakshanba kuni Endryus aviabazasida jurnalistlar bilan suhbatda. «Men buni hal qilishimizga ishonchim komil. Lekin hozirgi jarayonlardan xursand emasman. Urush bilan bog‘liq barcha masalalar meni mamnun qilmayapti», — deya ta’kidladi u.
Shuningdek, Tramp yaqin vaqt ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. «Juda tez orada. Kelgusi bir necha kun ichida», — deya uning so‘zlarini CNN keltirdi. Unga ko‘ra, 5 sentyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan brifingda ham Putin bilan suhbat qurish rejalari haqida aytib, «Ha, men gaplashaman. Biz juda yaxshi aloqada bo‘ldik», degan edi.
Avvalroq, 7 sentyabr, yakshanba kuni Amerika yetakchisi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorligini ham bildirgan. Shuningdek, AQSH moliya vaziri Skott Bessent o‘z bayonotida, Qo‘shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqining qo‘shimcha iqtisodiy bosimi Rossiya rahbari Vladimir Putinni Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga majbur qilishi mumkinligini qayd etdi.
Shunday qilib, Vashington tomonidan bildirilayotgan so‘nggi bayonotlar Ukraina atrofidagi vaziyat xalqaro siyosiy kun tartibining asosiy mavzusi bo‘lib qolayotganidan dalolat bermoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar