date

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi

Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi

Suriyada sobiq prezident Bashar al-Assadga tegishli bo‘lgan eksklyuziv va nodir superkarlar kolleksiyasi Damashq shahridagi katta kim oshdi savdosida namoyish etildi, deb xabar berildi.

Auksion yangi davlat rahbari Ahmad Ash-Shara tomonidan rasman ochildi. Tadbirdan olingan mablag‘lar Suriya taraqqiyot jamg‘armasiga yo‘naltirilishi va mamlakatning iqtisodiy rivojiga qo‘shilishi rejalashtirilgan. Muttaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu harakat nafaqat kolleksionerlar uchun qiziqarli, balki mamlakat taraqqiyotiga ham hissa qo‘shadi.

Kim oshdi savdoning ilk bosqichida dunyoga mashhur brendlarga mansub uchta superkar taqdim etildi. Ular orasida eng qimmatbaxosi Ferrari F50 bo‘lib, uning qiymati taxminan 3-4 million dollar atrofida baholangan. Mazkur avtomobil Formula-1 texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan va dunyoda atigi 349 dona mavjudligi bilan kolleksiyachilar diqqatini tortadi.

Shuningdek, auksionda Mercedes SL65 AMG Black Series ham sotuvga chiqarildi. Dunyoda faqat 300 dona ishlab chiqarilgan ushbu avtomobil 670 ot kuchiga ega yuksak samarali dvigatel bilan jihozlangan va bozordagi qiymati taxminan 500 ming dollarni tashkil etadi. Kolleksiyaning yana bir e’tiborga molik namunasi — Audi R8 bo‘lib, u 525 ot kuchiga ega 5,2 litrli V10 dvigatel bilan ta’minlangan va ishqibozlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur kim oshdi Suriyadagi eng yirik va ta’sirli avtomobil savdolaridan biri sifatida tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ekspertlar qayd qilishicha, ushbu auksion nafaqat avtomobil kolleksionerlari uchun muhim, balki mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar al-Assadning avtomobillar kolleksiyasi auksionda sotildi