date

Qora dengiz ostida yigit sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi

Qora dengiz ostida yigit sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi

Qrimdagi Tarxankut burnida yosh g‘avvos sevgilisini noodatiy tarzda hayratda qoldirdi. New York Post yozishicha, 21 yoshli Krasnoyarsklik Daniil uzoq yillik sevgilisi Nastyaga suv ostida turmush qurishni taklif qilgan.

Suv ostida bo‘lganida, Nastya toshli dengiz tubini o‘rganayotgan edi. To‘satdan u toshlar orasiga mohirona siqib qo‘yilgan shampan shishasiga ko‘zi tushdi. Qiziqish kuchayib, shishani bo‘shatishga urindi, lekin orqasiga o‘girilib qarasa, qo‘lida uzuk bilan ochiq qutichani ushlab turgan Daniilni ko‘rib hayron bo‘ldi.

Sevgi onini yanada sehrli qilish uchun Daniil uzukni suv pufakchalari orasida Nastyaning barmog‘iga taqib qo‘ydi. Shundan so‘ng ular qo‘l ushlashib birga suzib ketishdi.

Uch yildan beri birga bo‘lgan juftlik yoz mavsumida daromad topish uchun Qrimga boradi. Ularni aynan dengizga bo‘lgan umumiy mehrlari bir kun qirg‘oqda o‘z hayotlarini qurishga ilhomlantirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qora dengiz ostida yigit sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi