date

Tramp: Rossiya Ukrainadagi mojaroni ataylab uzaytirmoqda

Tramp: Rossiya Ukrainadagi mojaroni ataylab uzaytirmoqda

AQSH prezidenti Donald Trampning ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainada davom etayotgan urushni umuman tugatish niyatida emas, aksincha, uni qasddan cho‘zmoqda.

Uning ta’kidlashicha, urushning cho‘zilishi nafaqat Ukraina uchun, balki butun dunyo xavfsizligi uchun ham jiddiy tahdiddir.

Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar har safar muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish yo‘lida harakat qilganda, Rossiya kelishuvga to‘sqinlik qiladigan harakatlarni amalga oshiradi. Tramp bunday xatti-harakatni mutlaqo nomaqbul deb atadi.

"Men har safar biz unga yaqinlashamiz deb o‘ylasam, u borib kimgadir yana bomba tashlaydi - bu mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", dedi Tramp.

Seshanba kuni Amerika rahbari hali ham Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroga barham berishni rejalashtirayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaroni hal qilish AQSH uchun “eng oson” bo‘lib tuyuldi, biroq davlat rahbarlari – Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy darajasida vaziyat “o‘zaro adovat tufayli” murakkablashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Rossiya Ukrainadagi mojaroni ataylab uzaytirmoqda