O‘zbekiston Afg‘onistonga tegishli bir nechta harbiy texnika — umumiy hisobda 57 ta vertolyotni qayta topshirishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Afghanistan International nashrining yozishicha, mazkur vertolyotlar 2021 yilda Afg‘oniston hukumati ag‘darilishi paytida mamlakatdan olib chiqib ketilgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq Afg‘oniston armiyasiga qarashli ushbu texnika 2021 yil avgust oyida Tolibon hokimiyatga kelganidan so‘ng, afg‘on harbiy uchuvchilari tomonidan O‘zbekiston va Tojikiston hududiga olib o‘tilgan.
Pentagon avvalroq ma’lum qilganidek, jami 46 ta havo kemasi O‘zbekistonga, yana 18 tasi Tojikistonga qo‘ngan. Ular tarkibida Mi-17 va UH-60 turdagi vertolyotlar, shuningdek, PC-12, C-208, AC-208 va A-29 rusumli samolyotlar ham bo‘lgan.
Tolibon hukumati o‘tgan yillar davomida bu texnika qaytarilishini bir necha bor talab qilgan. Biroq Toshkent va Dushanbe rasmiylari masala yuzasidan aniq izoh bermagan. Shu bilan birga, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi avvalroq 46 ta uchuvchi apparat yangi kelishuv asosida O‘zbekiston nazoratida qolishini aytgan.
AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha elchixonasi esa Tojikiston hukumatini samolyotlarni Tolibon hukumatiga topshirmagani uchun minnatdorlik bilan e’tirof etgan.
Eslatib o‘tish kerak, 2025 yilning fevralida «Amerika ovozi» nashri 7 ta vertolyotning O‘zbekistondan AQSHga o‘tkazilgani haqida xabar tarqatgan edi. Bu voqea Tolibon hukumatining Mudofaa vazirligi tomonidan keskin tanqid qilingan.
O‘zbekiston Afg‘onistonga 57 ta harbiy vertolyotni qaytarishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar