date

Moskva osmonida Ukrainaning 9 ta droni urib tushirildi

Moskva osmonida Ukrainaning 9 ta droni urib tushirildi

12 sentyabr, jumaga o‘tar kechasi Rossiya poytaxti Moskva atrofiga yaqinlashayotgan to‘qqizta ukrain uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin ma’lumot berdi. Uning aytishicha, tunda bir necha marta dronlar guruhi ushlab qolinib, parchalangan bo‘laklar yerga tushgan hududlarda favqulodda xizmatlar ish olib borgan. Merning ta’kidlashicha, hozircha vayronagarchilik va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Shu bilan birga, ukrain OSINT kanallari Smolensk viloyatidagi neft qayta ishlash korxonasi hujumga uchragani haqida xabar tarqatdi. Biroq bu ma’lumot hozircha rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Hujumlar oqibatida Moskvaga yaqin joylashgan Kaluga aeroportida ham vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Federal havo transporti agentligi vakili Artem Korenyakoning so‘zlariga ko‘ra, aeroportda reyslarni qabul qilish va yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Mazkur voqea Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi havo hujumlari va qarshi zarbalar silsilasining yana bir qismi sifatida qayd etilmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dronlar orqali amalga oshirilayotgan hujumlar hali bir muddat ikki tomon munosabatlarida keskinlikni saqlab qolishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva osmonida Ukrainaning 9 ta droni urib tushirildi