date

Qozog‘istonda 3 yoshli qizcha ustidan politsiyaga ariza yozildi

Qozog‘istonda 3 yoshli qizcha ustidan politsiyaga ariza yozildi

Qozog‘iston Respublikasidagi Atirov shahrida 3 yoshli qizcha ustidan politsiya organlariga ariza kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu murojaat 3 va 5 yoshli qizaloqlar orasida qahvaxonada o‘yinchoq — changyutgichni bo‘lishda kelishmovchilik yuzaga kelgani sababli sodir bo‘lgan. Bolalar o‘rtasida bu holat sababidan munozara va kichik janjal yuzaga kelgan.

Ko‘p o‘tmay, ikki qizcha yarashib ketgan, ammo ulardan birining onasi bu qarorga rozi bo‘lmay, politsiyaga rasmiy murojaat qilib, bola omma oldida kechirim so‘rashi kerakligini talab qilgan.

Shahar politsiyasi bu murojaatga javoban, 3 yoshga to‘lmagan bola ustidan rasmiy ariza qabul qilinmasligini ma’lum qildi. Shu sababli murojaat bekor qilindi va bolalarning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, ularga bola tarbiyasi va xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida maslahat berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 3 yoshli qizcha ustidan politsiyaga ariza yozildi