Japan Airlines (JAL) aviakompaniyasida sodir bo‘lgan voqea fuqarolik aviatsiyasida jiddiy e’tirozga sabab bo‘ldi. Uchuvchining xizmat vazifasiga mas’uliyatsiz qarashi tufayli uchta reys 18 soatga kechikdi va bu parvozlarga aniq rejalashtirilgan yo‘lovchilar uchun katta noqulaylik tug‘dirdi.
Hodisa Gavayi orollaridagi Gonolulu xalqaro aeroportida sodir bo‘lib, Chubu xalqaro aeroportiga (NNT) yo‘naltirilgan Boeing 787 samolyoti parvozi oldidan aniqlandi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, parvoz kapitani spirtli ichimlik iste’mol qilgani tufayli xizmatga layoqatsiz holatda ekanini e’tirof etdi. Bu sababli jami 630 nafar yo‘lovchining parvozi kechiktirilib, ularga katta noqulaylik keltirildi.
Yaponiya Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi mazkur qoidabuzarlik uchun JAL aviakompaniyasiga rasmiy ogohlantirish berdi. Aviakompaniya prezidenti Mitsuko Tottori jamoatchilikdan ochiq uzr so‘rab, kelgusida bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ekipaj a’zolari sog‘lig‘ini nazorat qilish tizimi yanada kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan uchuvchi esa ishdan bo‘shatildi va bu masala kompaniyaning ichki tartib-qoidalari hamda aviatsiya xavfsizligi standartlariga to‘liq mos ravishda hal etildi. Hodisa orqali yo‘lovchilar xavfsizligi va mas’uliyatlilik aviatsiyada qanchalik muhim ekani yana bir bor tasdiqlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!