date

Olmaota viloyatidagi portlashda uch o‘zbekistonlik ishchi hayotdan ko‘z yumdi

Olmaota viloyatidagi portlashda uch o‘zbekistonlik ishchi hayotdan ko‘z yumdi

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida juda dahshatli va alamli hodisa qayd etildi. KTK telekanali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Boyserke qishlog‘ida joylashgan metall qabul qilish punktida kuchli portlash yuz berdi. Afsuski, voqea oqibatida uch nafar ishchi halok bo‘ldi. Ular barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani xabar qilindi.

Punkt egasi Amirbek Sherbayevning aytishicha, fojia ijaraga berilgan xonada sodir bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kimligi noma’lum shaxslar tomonidan olib kelingan temirlar orasida xavfli moslamalar ham bo‘lgan.

«Orqa tomonda metall quyish sexi bor. Balki tankka qarshi minalar yoki shu kabi jarohat yetkazuvchi qurilmalar aralashib ketgandir. Metallom arzon narxda olingan, ularning o‘zlari ham qaysi buyumlarni olib kelayotganini bilmagan. Menimcha, Mudofaa vazirligiga tegishli temirlar ham aralashib qolgan va ular orasida ishlatilmagan minalar bo‘lgan», – dedi u.

Hozirda hodisa joyida kriminalistlar va Mudofaa vazirligi mutaxassislari ish olib borishmoqda. Hudud butunlay yopilgan, hech kim kiritilmayapti. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlangan, ammo rasmiy ma’lumotlarda ularning ismi ochiqlanmadi.

Olmaota viloyati IIB rasmiy vakili Yernar Saydildinning ta’kidlashicha, mazkur hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan:

«Ili tumanidagi metall qabul qilish punktlaridan birida sodir bo‘lgan fojiali portlash yuzasidan politsiya jinoyat ishini qo‘zg‘atdi. Noma’lum buyum portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va ularning jasadi hodisa joyida topildi», – dedi u.

Hozirda barcha holatlar va sabablar o‘rganilmoqda. Bu dahshatli voqea nafaqat Qozog‘istonda, balki yurtimizda ham qattiq qayg‘u va iztirob uyg‘otdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmaota viloyatidagi portlashda uch o‘zbekistonlik ishchi hayotdan ko‘z yumdi