date

Avstriya NATOga qo‘shilishni kerak deb hisoblamaydi

Avstriya NATOga qo‘shilishni kerak deb hisoblamaydi

Avstriya tashqi ishlar vaziri Beate Maynl-Raysingerning ta’kidlashicha, mamlakat NATOga a’zo bo‘lishni maqsad qilmayapti va o‘zining betaraflik maqomini saqlashni o‘zi uchun manfaatli deb hisoblaydi. Bu haqda u Bloomberg agentligiga bergan intervyusida bildirgan.

Uning aytishicha, Avstriyaning NATOga a’zo emasligi mamlakatga ma’lum afzalliklarni bermoqda. U shuningdek, har qanday geosiyosiy sharoitda ham muloqotni birinchi o‘ringa qo‘yish muhimligini alohida ta’kidladi. “Biz NATOga a’zo emasmiz va men ham qo‘shilish tarafdori emasman. Buning o‘z afzalliklari bor”, – dedi vazir.

Maynl-Raysinger shu bilan birga Avstriya xavfsizlik siyosati yangi geosiyosiy voqeliklarga mos ravishda qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini qayd etdi. Uning fikricha, betaraflik tushunchasi Rossiyaning manfaatlari yo‘lida qurol sifatida ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

1 sentyabr kuni Avstriya kansleri Kristian Stoker ham mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi kun tartibida yo‘qligini, Avstriyaning betaraf maqomi esa hech qanday shubha ostiga qo‘yilmayotganini ta’kidlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriya NATOga qo‘shilishni kerak deb hisoblamaydi