AQSh qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi Liviyada IShIDga qarshi operasiya yakunlanganini rasman e’lon qildi. Xabarda "Odisseya chaqmog‘i" operasiyasi 19 dekabrda yakunlangani aytilgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Ta’kidlanishicha, operasiya asosiy maqsadlarga erishdi, ya’ni 495 ta yuqori aniqlikdagi aviazarbalarni berib, Sirtdan milliy kelishuv hukumati bilan bog‘liq kuchlarga IShIDni siqib chiqarishga imkon berdi. Zarbalar terrorchilarning minalashtirilgan yuk mashinalari, og‘ir qurol-aslaha va tanklari, qo‘mondonlik markazlari va jangovor pozisiyalariga berilgan.
Liviyada milliy kelishuv hukumati qurollangan tuzilmalari dekabr boshida Sirtning IShID jangarilaridan to‘liq ozod etilganini e’lon qilgandi. Liviyaning sobiq etakchisi Muammar Kaddafiyning ona shahri terrorchilar tomonidan 2014 yilda bosib olingandi. Jangarilarga qarshi operasiya joriy yil may oyidan olib borilgan.
AQSh Liviya hukumati iltimosiga ko‘ra terrorchilarga aviazarbalar bergan. AQSh harbiy-dengiz flotining Wasp universal desant kemasi va San Antonio desant-transport kemasi Liviya yaqinida 4 oy navbatchilik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi