date

Kuchli yomg‘irlar Hindistonda yigirmadan ortiq kishini bedarak yo‘qolishiga sababchi bo‘ldi

Kuchli yomg‘irlar Hindistonda yigirmadan ortiq kishini bedarak yo‘qolishiga sababchi bo‘ldi
Hindistonning shimoliy hududi — Uttarakxand shtatida yomg‘ir mavsumi juda katta halokatlarga olib keldi. Mahalliy matbuot tarqatgan xabarlarga ko‘ra, oxirgi ikki kun ichida yog‘ingarchilik va ko‘chkilar natijasida kamida 17 kishi halok bo‘lgan. Shu bilan birga, 20 dan ziyod inson bedarak yo‘qolgani haqida ma’lum qilinmoqda.

Tabiiy ofat asosan tog‘li hududlarda kuchli yo‘g‘on toshqinlarni keltirib chiqargan. Dexradun shahrida transport tizimi jiddiy zarar ko‘rgan. Yo‘llar yuvilib ketgani sababli qutqaruvchi guruhlar ayrim hududlarga yetib borishda katta qiyinchilikka duch kelmoqda. Shuningdek, Rispana va Bindal daryolarida ko‘priklar ag‘darilib ketgani oqibatida jabrlanganlarga yordam yetkazish yanada murakkablashdi.

Ayrim turar-joy binolari vayron bo‘lgan, yuzlab aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. Hukumat favqulodda holat e’lon qilib, maktablar vaqtincha yopilganini va davlat idoralari ish faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qildi.

Qutqaruvchilar ayni paytda bedarak yo‘qolganlarni izlash ishlarini olib borishmoqda. Havo sharoiti yomonligi sababli, ayrim hududlarda izlov ishlariga faqat vertolyotlar orqali yordam ko‘rsatilayapti. Mahalliy aholi esa xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuchli yomg‘irlar Hindistonda yigirmadan ortiq kishini bedarak yo‘qolishiga sababchi bo‘ldi