Donald Trampning keyingi oyda o‘tkaziladigan prezidentlik inagurasiyasida bir qator mashhur xonandalar ishtirok etishdan bosh tortishgach, unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘shiq kuylashi haqida aytildi.
“Do‘stim uchun bajonidil kuylab beraman”,-Kremldan kelgan qisqacha xabarda shunday deyilgandi. Putinning qo‘shiq kuylashi mumkinligi haqidagi ma’lumot ko‘pchilikni hayron qoldirdi.
Trampning yordamchisi Kellienn Konuey CNN efirida buni kinoya bilan qarshi olganlarga qarata shunday dedi: ”Agar biz faqatgina qobiliyat va tajribaga ega odamlarni chaqirganimizda, hukumatning yarmigina qolgan bo‘lardi. Putin tomonidan tanlangan qo‘shiq ikkala partiya siyosatchilari ko‘ngliga g‘ulg‘ula solib qo‘ydi, chunki u Rossiya milliy gimnini aytishni rejalashtirgandi.
Norozilarning fikricha, Rossiyani ulug‘lab aytilgan qo‘shiq Amerika prezidenti inagurasiyasida noo‘rindir. Putin esa bu janjalni tinchitish maqsadida, gimn o‘rniga Tramp sharafiga Bett Midlerning “Shamol qanotlarim ostidadir” (“Wind Beneath My Wings”)klassik serenasini aytishini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”