date

Qozog‘istonda harbiy yigitning sirli o‘limi bahsga sabab bo‘ldi

Qozog‘istonda harbiy yigitning sirli o‘limi bahsga sabab bo‘ldi
Qozog‘istondagi harbiy qismlardan birida xizmat qilayotgan askar o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi. Mahalliy OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan ushbu voqea jamiyatda katta shov-shuv uyg‘otdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum yigitning ismi Dinmuhammad bo‘lib, uning qarindoshlari rasmiy ma’lumotlarga ishonmayapti. Ular farzandining o‘limi o‘z joniga qasd bilan izohlanishiga shubha bilan qaramoqda.

Marhumning opasi ijtimoiy tarmoqlarda yozgan murojaatida shunday deydi:
“Biz og‘ir qayg‘udamiz, ammo Dinmuhammadning o‘limi o‘z joniga qasd qilishi bilan izohlanishiga ishonmaymiz. Biz haqiqatni va haqiqiy adolatni talab qilamiz. Bu ish yuzasidan Prezident shaxsan nazorat o‘rnatishi kerak”, — deya bayonot berdi u.

@SputnikKz xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda va barcha holatlar o‘rganilmoqda. Harbiy prokuratura va ichki ishlar organlari voqeaning barcha jihatlarini aniqlashga kirishgan.

Hozircha rasmiy idoralar askarning o‘limi haqida to‘liq ma’lumot bermagan. Faqatgina “o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin” degan dastlabki taxminlar aytilgan. Biroq marhumning yaqinlari va qishloqdoshlari unga ishonmayapti. Ularga ko‘ra, Dinmuhammad hayotsevar, oilasiga mehribon, xizmatga mas’uliyat bilan yondashadigan yigit bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda harbiy yigitning sirli o‘limi bahsga sabab bo‘ldi