date

Fransiya siyosiy va moliyaviy bosim ostida

Fransiya siyosiy va moliyaviy bosim ostida
Fransiyada siyosiy beqarorlik kuchaymoqda. Oxirgi ikki yil ichida mamlakat besh bosh vazir almashirdi. Parlament uchga bo‘linib ketgani uchun hukumat muhim qarorlarni, jumladan byudjetni qabul qilishda qiynalmoqda.

Davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshib, YaIMning 114 foiziga tenglashdi. 2025-yilda qarzni qoplash xarajatlari 67 milliard yevroga chiqishi kutilmoqda. Reyting agentliklari Fransiyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini pasaytirdi, bu esa iqtisodiyot uchun xavfli signal bo‘ldi.

Mamlakatda norozilik namoyishlari davom etmoqda. Kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar hukumat siyosatidan norozi bo‘lib, ko‘chalarga chiqmoqda. Tahlilchilar Fransiyani “qarz va beqarorlik domidagi davlat” sifatida ta’riflamoqda.

Prezident Emmanuel Macron yangi bosh vazir qilib 39 yoshli Sebastyan Lekornuni tayinladi. Endi uning oldida asosiy vazifa – parlament bilan kelishib, 2026-yilgi byudjetni tasdiqlash. Bu qaror Fransiyaning kelajagini belgilovchi muhim sinov bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya siyosiy va moliyaviy bosim ostida