date

Keng ko‘lamli reyd: ovqatlanish sohasida qonunbuzarliklar fosh etildi

Keng ko‘lamli reyd: ovqatlanish sohasida qonunbuzarliklar fosh etildi

Germaniyada umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy ishchi kuchidan foydalanishga qarshi keng ko‘lamli reyd amalga oshirildi. Federal bojxona tergovchilari 19-sentyabr kuni mamlakatning turli shaharlarida maxsus tekshiruvlar o‘tkazdi.

Kyoln bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Yens Alandning dpa agentligiga bildirishicha, bu operatsiya butun Germaniya hududida olib borilmoqda va asosiy maqsad — noqonuniy ishga joylashish holatlarini fosh etish, eng kam ish haqi qoidalarining buzilishini aniqlash hamda qonunga xilof mehnatga chek qo‘yishdir.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, tekshiruvlarda bir necha ming bojxona xodimlari ishtirok etdi. Restoran va mehmonxonalar asosiy e’tibor markazida bo‘ldi. Ilk reydlar Kyoln shahrida amalga oshirilib, dastlabki natijalarda uchta muassasada qonunbuzarlik holatlari qayd etildi.

Yens Aland so‘zlariga ko‘ra, bu kabi holatlar deyarli har kuni kuzatilmoqda. «Ko‘plab korxonalar ishchilarini noqonuniy ravishda ishga olib, ularga belgilangan eng kam ish haqidan ham kamroq maosh to‘lab kelmoqda. Biz bunday xabarlarni tez-tez qabul qilamiz», — dedi u.

Reydlar nafaqat yangi tekshiruvlar, balki avvaldan ma’lum qilingan korxonalardagi holatlarni o‘rganishni ham o‘z ichiga oldi. Shu kuni deportatsiya qilinishi lozim bo‘lgan bir shaxs ham aniqlanib, immigratsiya xizmatiga topshirilgani xabar qilindi.

Hozircha umummilliy reydning yakuniy natijalari e’lon qilinmagan. Biroq mutaxassislar tekshiruvlar davomida qator qonunbuzarliklar ochilishi va noqonuniy mehnat holatlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Keng ko‘lamli reyd: ovqatlanish sohasida qonunbuzarliklar fosh etildi