date

Tramp 1 million dollarlik “Oltin karta” dasturini yo‘lga qo‘ydi

Tramp 1 million dollarlik “Oltin karta” dasturini yo‘lga qo‘ydi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp jamoatchilikka yangi va g‘aroyib dasturni taqdim etdi. Uning ma’lumot berishicha, “Oltin karta” orqali ham shaxsiy shaxslar, ham yirik korporatsiyalar Amerikada tezlashtirilgan tartibda rezidentlik huquqiga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Oltin karta”ning shaxsiy versiyasi 1 million dollardan sotiladi. Korporatsiyalar uchun esa keyinchalik 2 million dollarlik maxsus turi ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Bu karta nafaqat nufuzli, balki qator huquqiy imkoniyatlarni ham taqdim etadi.

Karta dizayni ham ramziy tarzda tayyorlangan. Unda Trampning portreti, Amerika qudratining ramzi bo‘lgan burgut, Ozodlik haykali va milliy bayroq aks etgan. Shuningdek, unda “Trump Gold Card” yozuvi ham joy olgan.

Trampning ta’kidlashicha, bu dastur mamlakat iqtisodiyotiga ulkan foyda keltiradi:

“Yillar davomida noqonuniy muhojirlar oqib keldi, immigratsiya tizimi izdan chiqdi. Endilikda amerikaliklar va soliq to‘lovchilar qonuniy tizimdan samara ko‘radi. Oltin karta qisqa vaqt ichida 100 milliard dollardan ortiq daromad keltiradi. Bu mablag‘ orqali soliqlar kamaytiriladi, iqtisodiy o‘sish ta’minlanadi va davlat qarzlarini qisqartirishga yo‘naltiriladi”, — dedi u.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu karta muayyan hollarda vizaning o‘rnini bosishi mumkin. Biroq milliy xavfsizlik yoki boshqa omillar tufayli uning bekor qilinishi ehtimoldan xoli emasligi qayd etilgan.

Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati “Trump Platinum Card”ni ham joriy qilish niyatida. Bu karta egalariga yiliga 270 kungacha AQSHda yashash imkonini berishi, shu bilan birga mamlakat tashqarisida topilgan daromadlariga soliq to‘lamaslik huquqini taqdim etishi rejalashtirilgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu g‘oya Trampning siyosiy sahnaga yana qaytishida muhim vositaga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, undan kutilayotgan moliyaviy daromad AQSH iqtisodiyotiga katta rag‘bat berishi ehtimol qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp 1 million dollarlik “Oltin karta” dasturini yo‘lga qo‘ydi