Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakat oldida turgan asosiy tahdid — tashqi davlatlarga bog‘liqlik ekanini ta’kidladi. Bu haqda RBK Telegram-kanali orqali ma’lumot tarqatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning o‘zini o‘zi ta’minlashi barcha muammolarga yechim bo‘ladi.
— Mamlakatimizda dunyo miqyosida jiddiy siyosiy dushmanlar yo‘q. Biroq iqtisodiy va strategik sohalarda boshqalarga tayanish orqali yuz berishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar eng katta xavfdir. Agar Hindiston tashqi davlatlarga qaram bo‘lishda davom etsa, uning milliy o‘zligini hurmat qilish tuyg‘usi zaiflashadi, — dedi Modi.
Ma’lumot uchun, Hindistonning ayni paytda Rossiya neftiga bo‘lgan kuchli bog‘liqligi katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, Tramp prezidentlikka kelgandan so‘ng mamlakatga nisbatan yuqori tariflar joriy etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!