date

AQSHda Charli Kirk xotirasiga marosim bo‘lib o‘tdi

AQSHda Charli Kirk xotirasiga marosim bo‘lib o‘tdi

CNN xabariga ko‘ra, AQSHda Charli Kirkni yodga olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 200 mingga yaqin odam ishtirok etgan, shundak, Arizona shtati Glendeyl shahridagi State Farm Stadium stadioni to‘la va uning atrofida ham yuzlab odamlar to‘plangan.

CNN muxbiriga ko‘ra, ushbu marosim uchun xavfsizlik tadbirlari yuqori SEAR-1 darajasiga ko‘ra olib borilgan. Aholiga zarar yetmasligi uchun stadion va atrofida o‘q o‘tmas shisha o‘rnatilgan. Ta’kidlash joizki, tadbirda AQSH Prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Jey Di Vens ishtirok etdi.

Charli Kirk, eng yirik konservativ faollardan biri bo‘lib, 10 sentyabr kuni Yuta shtatidagi universitetda chiqish qilib, suiqasd qurboni bo‘ldi. Uning o‘ldirilishida gumonlanuvchi Tayler Robinson qo‘lga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda Charli Kirk xotirasiga marosim bo‘lib o‘tdi