AQSH prezidenti Donald Tramp bugun qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ular orasida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ham bor.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Leyvitt brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident shuningdek, BMT Bosh kotibi, Argentina hamda Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan ham suhbatlashadi.
Bundan tashqari, Tramp Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Indoneziya, Pokiston, Misr, BAA va Iordaniya vakillari ishtirokida ko‘p tomonlama uchrashuv ham o‘tkazishi belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar