Joriy yilning 23 sentyabr kuni Janubiy Koreya politsiyasi 50 yosh atrofidagi erkakni hibsga oldi. U ikki yildan kamroq vaqt ichida politsiyaga taxminan 60 ming bor yolg‘on chaqiruv qo‘ng‘irog‘i qilgani ma’lum qilindi. Bu haqda “The Korea Herald” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, erkakning 58 ming 307 qo‘ng‘irog‘idan 51 tasi politsiyaning zudlik bilan yetib kelishini talab qiluvchi og‘ir holatlarga oid edi. U qo‘ng‘iroqlarda muzlatgichini o‘g‘irlagani, ukasini o‘ldirishni rejalashtirayotgani va qo‘lga olinganini bildirgan, shuningdek, o‘z xohishiga qarshi tutilayotganini aytib qo‘ygan.
2023 yildan beri ushbu shaxs yolg‘on qo‘ng‘iroq uchun 7 marta jarimaga torilgan. Buning sababli politsiya xodimlarining xizmat vazifasiga to‘sqinlik qilgani uchun tergov olib borilmoqda. Erkak besh yilgacha qamoqqa olinishi yoki 10 million yujon (taxminan 86 mln so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotga ko‘ra, ushbu shaxs 2024 yil may oyining birinchi to‘rt kunidagina politsiyaga 1882 marta murojaat qilgan. U yolg‘iz yashashi va ko‘p hollarda mast bo‘lishi tufayli qo‘ng‘iroqlarning aksariyatini yolg‘ondan qo‘yganini tan olgan.
Bu holat Janubiy Koreyada politsiya xizmatining mas’uliyat va sabrchanligini sinovdan o‘tkazib, aholi uchun qiziqarli va hayratlanarli voqea sifatida e’tirof etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!