date

Olimlar dunyodagi o‘limlarning keng tarqalgan sababini ma’lum qildi

Olimlar dunyodagi o‘limlarning keng tarqalgan sababini ma’lum qildi

Olimlar so‘nggi hisobotlariga ko‘ra, yurak va qon tomir kasalliklari dunyodagi eng keng tarqalgan va insonlar o‘limiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil ekanligini ma’lum qilishdi. 1990 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda 204 ta mamlakatda olingan statistik ma’lumotlar shu xulosaga keldi: har uchinchi o‘lim aniq shu kasalliklar bilan bog‘liq.

Ta’kidlanishicha, agar 1990 yilda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli 13,1 million kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 19,2 millionga yetdi. Shu bilan birga, aksariyat mintaqalarda erkaklar orasida vafot qilish holatlari ayollarga nisbatan yuqori bo‘lib, bu sohadagi xavf omillarining erkaklar salomatligiga ham ta’siri katta ekanini ko‘rsatadi.

Yurak va qon tomir kasalliklari DALY (Disability-Adjusted Life Years) ko‘rsatkichida ham birinchi o‘rinda turib, erta o‘lim va nogironlik sababli yo‘qotilgan sog‘lom hayot yillarining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Muttaxassislar ta’kidlashicha, bu kasalliklardan kelib chiqadigan xavf omillarining 80 foizi oldini olish imkoniga ega. Shu omillar orasida semizlik, yuqori qon bosimi, qandli diabet va xolesterinning yuqori darajasi muhim o‘rin tutadi.

Shu sababli mutaxassislar aholini tarbiya qilish, ratsion va ovqatlanishni nazorat qilish, muntazam jismoniy faollik qilish va shifokorlar ko‘rsatmalariga amal qilish muhimligini ta’kidlaydi. Bu choralar yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi va insonlar hayotini uzaytirishda katta ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar dunyodagi o‘limlarning keng tarqalgan sababini ma’lum qildi