date

Tramp Medvedev haqida: “U haqiqatan ham ahmoq odam”

Tramp Medvedev haqida: “U haqiqatan ham ahmoq odam”

AQSH prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiy qo‘mondonlar bilan uchrashuvida Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev haqida keskin fikrlar bildirdi.

Trampning ta’kidlashicha, Medvedev yaqinda Amerikaga tahdidomuz bayonot qilgan. Shuning ortidan prezident Amerika atom suv osti kemalarini — dunyodagi eng xavfli qurollardan biri — Rossiya sohillariga yuborishga qaror qilgan.

“Medvedev haqiqatan ham ahmoq odam. U bir necha kun oldin bizga tahdid qildi. Shundan so‘ng men eng yirik yadro qurollariga ega suv osti kemalarini Rossiya sohillari tomon yo‘naltirdim. Bu qadamni u faqat 'yadro' so‘zini ishlatgani uchun amalga oshirdim. Biz bu so‘zdan shunchaki foydalanishga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, — dedi Tramp.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu harakat hujum uchun emas, balki ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Medvedev haqida: “U haqiqatan ham ahmoq odam”