date

Yerevanda hindistonliklar janjali qonli pichoqbozlikka aylandi

Yerevanda hindistonliklar janjali qonli pichoqbozlikka aylandi

Armaniston poytaxtida noxush holat ro‘y berdi. Yerevandagi yotoqxonalardan birida yuz bergan tortishuv oqibatida Hindistondan kelgan to‘rt nafar fuqaro pichoqlanib, shifoxonaga yetkazilgani ma’lum qilindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab nizo kelib chiqqan, keyin u og‘ir tortishuvga aylanib, oxiri pichoqbozlikka olib kelgan.

Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, jabrlanuvchilardan ikkitasining ahvoli og‘ir, qolganlari esa o‘rtacha holatda ekani qayd etilgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan va voqea sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerevanda hindistonliklar janjali qonli pichoqbozlikka aylandi