AQSh Prezidenti Donald Tramp Chikagodagi jinoyatchilikni nazorat qilish uchun 300 nafar milliy gvardiyachini yuborishni ma’qulladi. Unga ko‘ra, shahar xavfsizligi izdan chiqqan. Qaror immigratsiya xodimlari va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvdan so‘ng qabul qilindi.
Illinoys gubernatori Jey Bi Pritsker bu harakatni “vakolatni suiiste’mol qilish” deb atadi. Uning fikricha, prezident shtat roziligisiz harbiy kuch yuborishga haqli emas. Oregon shtatida ham shunga o‘xshash qaror vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Oq uy bu chorani “federal xodimlar va davlat mulkini himoya qilish uchun zarur” deb tushuntirdi. Tramp tartibsizliklar fonida tinchlikni tiklashni maqsad qilganini bildirdi.
Hozircha gvardiyachilar shaharga yetib kelgan-kelmaganligi noma’lum. Mutaxassislar bu qaror Chikagoda siyosiy bahslarni kuchaytirishi mumkinligini aytmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!