
Qora dengiz hududida qidiruv amaliyotini o‘tkazayotgan kemalar Tu-154 samolyoti halokatga uchragan hududda 5 kishining jasadini aniqladi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
«Qidiruv ishlari davom ettirilmoqda. 5 kishining jasadi kemalarga chiqarib olindi», — degan agentlik suhbatdoshi.
«Aniqlangan jasadlar asosan ayollarniki. Ularning shaxsi aniqlanmoqda», — degan huquq-tartibot organlaridagi boshqa bir manba.
Jasadlarning shaxslarini aniqlash uchun genetik ekspertiza o‘tkazishga to‘g‘ri kelishi aytilgan.
Moskvadan uchib chiqqan va Sochidagi aeroportdan yonilg‘i to‘ldirib, Suriyaga parvozni davom ettirgan samolyot bortida Rossiya havo-kosmik kuchlarining Xmeymim aviabazasida xizmat o‘tayotgan aviaguruhni Yangi Yil bilan tabriklashga yo‘l olgan Aleksandrov nomli ansambl musiqachilari, harbiy xizmatchilar va 9 nafar jurnalist bor edi.
Samolyot radarlardan g‘oyib bo‘lganidan ko‘p vaqt o‘tmasdan Sochi qirg‘og‘idan 1,5 kilometr ichkarida, Qora dengiz hududida qulab tushgani ma’lum bo‘ldi.
Samolyotda jami 92 kishi bo‘lgan. Biron kishining omon qolganidan umid yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar