
Sochidan uchib chiqqach, Qora dengiz hududida qulab tushgan Tu-154 samolyoti 1983 yilda ishlab chiqarilgan samolyot edi. Bu haqda Kun.uz sayti manbalarga asoslanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu samolyot shu vaqtgacha 6689 soatni parvozda o‘tkazgan. Bort raqami RA-85572.
Tu-154 yo‘lovchi samolyoti Rossiyada eng ko‘p foydalaniladigan reaktiv samolyot hisoblanadi. Bunday samolyotlardan 1026ta ishlab chiqarilgan. Bunday samolyotlar ishtirokidagi halokatlar oqibatida 3000 kishi qurbon bo‘lgan.
2014 yilning dekabrida Tu-154 remont qilingan, 2016 yilning sentyabrida esa xizmat qilishga tavsiya etilgan.
Bundan oldingi xabarlarda Sochi yaqinida qulagan Tu-154 samolyoti tajribali uchuvchi Roman Volkov tomonidan boshqarilgani aytilgandi.
25 dekabr tongida Sochidan Suriyadagi Hmeymim aviabazasiga tomon parvoz qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti radarlardan yo‘qolgani ma’lum bo‘ldi. Keyinroq samolyot qoldiqlari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km ichkarida topildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar