SolAbility ilmiy-tadqiqot instituti Global Sustainable Competitiveness Index hisobotini chop etdi, unda dunyo mamlakatlari taraqqiyot va iqtisodiy barqarorlik darajasi bo‘yicha solishtirildi, deb yozmoqda «Daryo» sayti.
Har bir davlat 100 balldan muayyan bir ballga ega bo‘ldi. Reytingda O‘zbekiston 44,6 ball bilan 63-o‘rinda joylashdi.
Birinchi pog‘onani 60,9 ball bilan Shvesiya, ikkinchi pog‘onani 59,4 ball bilan Norvegiya va uchinchi o‘rinni 59,2 ball bilan Finlyandiya egalladi. Yuqori o‘nlikka, shuningdek, Daniya, Islandiya, Sloveniya, Shveysariya, Irlandiya va Lyuksemburg kirdi.
Qozog‘iston 46,2 ball bilan 47, Qirg‘iziston 44,3 ball bilan 66, Tojikiston 42,7 ball bilan 89, Turkmaniston 38 ball bilan 139-o‘rinda joylashdi.
Ukraina 64, Rossiya esa 45-pog‘onani egalladi.
SolAbility reytingi raqobatbardoshlilik modeliga asoslangan bo‘lib, u tabiiy kapital imkoniyati, mamlakat boshqaruvi, intellektual kapital, resurslar va ijtimoiy birdamlikni o‘z ichiga oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”