Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqdagi farmon mamlakat ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilingan.
Shu bilan birga, Putin Tojikistonning sobiq bosh prokurori va respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Yusuf Rahmon hamda Venesuela poytaxti Karakas meri Karmen Tereza Melendes Rivasni ham mazkur orden bilan taqdirladi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu shaxslar xorijda rus tili va madaniyatini saqlash hamda targ‘ib qilishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar