AQSHning Montana shtatida 24 yoshli Markus Klevin harakatlanayotgan mashinaga sakrab chiqdi, haydovchi hushini yo‘qotgan edi. U avtomobilni to‘xtatib, uning egasining hayotini saqlab qolgan, deb yozadi People.
Voqeani tasvirga olgan kuzatuv kameralarida haydovchi do‘kon oldidagi avtoturargohda yo‘ltanlamas mashinasiga o‘tirib, uni o‘t oldirayotganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng u hushini yo‘qotadi va haydovchi eshigini yopishga ulgurmaydi.
Shu payt Markus Klevin do‘kondan chiqib, to‘xtash joyida eshigi ochiq avtomobil aylanib yurganini ko‘rdi. "Men biroz qo‘rqib ketdim. Men nima bo‘layotganini ko‘rish uchun yaqinlashdim va menga haydovchi mashinadan tushib ketgandek tuyuldi," - deb eslaydi Klevin.
"Bu tabiiy instinkt edi - mashinaga sakrab chiqish, tormozni bosish va vaziyatni yanada keskinlashtirmaslikka harakat qilish," - deb tushuntirdi erkak.
Mashinani to‘xtatib, Klevin do‘konga qaytdi va tez yordam chaqirdi. Politsiyachilar haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilganini tasdiqladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!