date

Tramp yaqin ikki kunda Putin bilan uchrashuvni hal qiladi

Tramp yaqin ikki kunda Putin bilan uchrashuvni hal qiladi

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin ikki kun ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish yoki uni bekor qilish haqida qaror qabul qilishini ma’lum qildi.

Bu haqda Amerika yetakchisi Oq uyda jurnalistlar savollariga javob bergan vaqtda aytib o‘tdi. Tramp hozircha yakuniy qaror qabul qilinmaganini ta’kidlab, “vaqtni bekorga sarflash niyati yo‘qligini” bildirdi.

Jurnalistlar savoliga javoban u: “Uchrashuv haqidagi qarorni ikki kun ichida qabul qilamiz”, — dedi.

Shu bilan birga, Tramp “Putin bilan uchrashish vaqtni behuda o‘tkazish bo‘ladi” degan fikrni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada juda ko‘p omillar mavjud va yaqin kunlarda bu haqda aniq ma’lumot beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp yaqin ikki kunda Putin bilan uchrashuvni hal qiladi