AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoyl” kompaniyalariga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qildi. U bu chorani Rossiyani Ukraina bilan tinchlik kelishuviga majburlash uchun zarur deb atadi. Trampning aytishicha, sanksiyalarni joriy etish “vaqti kelgan edi”.
Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvni bekor qildi. U Putinning muzokaralarda jiddiy yondashmayotganini aytib, “har safar u bilan gaplashaman, lekin natija bo‘lmaydi”, dedi. Tramp sanksiyalar Rossiyani urushni to‘xtatishga undashiga umid bildirdi.
AQSh Moliya vaziri Skot Bessentning so‘zlariga ko‘ra, yangi sanksiyalar Rossiyaning urushni moliyalayotgan kompaniyalariga qaratilgan.
Bu qaror Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining avvalgi sanksiyalariga o‘xshashdir. Yevropa Ittifoqi 2027-yildan boshlab Rossiyadan suyuq gaz importini to‘xtatmoqchi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning yangi sanksiyalarini “ijobiy ishora” deb atadi. U bu choralar Rossiyani muzokaraga qaytishga majbur qilishi mumkinligini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!