date

Hindiston yoshlari: siyosatdan norozi, lekin jim

Hindiston yoshlari: siyosatdan norozi, lekin jim
Hindistonda 370 milliondan ortiq yoshlar bor, bu mamlakat aholisining qariyb chorak qismini tashkil etadi. Ular internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali siyosat, korrupsiya va tengsizlik haqida yaxshi bilishadi. Ammo ko‘pchilik yoshlar ochiq norozilik namoyishlariga chiqishni xavfli deb hisoblaydi — “antimilliy” degan tamg‘a, iqtisodiy bosim yoki hududiy tafovutlar ularni ehtiyotkor bo‘lishga majbur qilmoqda.

So‘nggi yillarda Osiyo va Afrikaning ko‘plab davlatlarida yoshlar hukumat siyosatiga qarshi faol chiqishdi. Nepal, Bangladesh va Indoneziyada “Gen Z” avlodi korrupsiya va ishsizlikka qarshi mitinglar uyushtirdi. Ammo Hindistonda bu harakatlar keng quloch yozgani yo‘q — asosan mahalliy darajadagi kichik noroziliklar bilan cheklanmoqda.

Mutaxassislar bunga yoshlar orasidagi tafovutlar sabab bo‘layotganini aytadi. Mintaqaviy, til farqlari ularni yagona kuch sifatida birlashtirishni qiyinlashtirmoqda.

Shuningdek, ayrim siyosatchilar va OAV norozilik bildirganlarni “antimilliy” deb atab, ularni kamsitadi. Bu esa yoshlar orasida siyosiy faollikni yanada kamaytirgan. Endilikda ular o‘z fikrini ko‘proq saylovda ovoz berish, internetda yozish yoki xorijda o‘qish orqali bildiradi.

Shunga qaramay, Hindiston yoshlari befarq emas. Ular o‘zgarish istagini ich-ichida saqlaydi, tarmoqlarda faol, lekin ehtiyotkor. Mutaxassislarning fikricha, bu “jim g‘azab” — bir kun kelib, mamlakat siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston yoshlari: siyosatdan norozi, lekin jim