Bugun Yevropa komissiyasi Rossiyaga qarshi kiritgan sanksiyalarning 19-paketini rasman tasdiqladi. Ushbu ro‘yxatga Markaziy Osiyo va yaqin davlatlarning qator banklari ham kiritildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, VTB-Qozog‘iston banki, shuningdek Tolubay bank, Yevroosiyo jamg‘arma banki (Qirg‘iziston), Dushanbe Siti bank, Spitamen bank va Tojikiston tijorat banki Yevropa Ittifoqining “qora ro‘yxati”ga qo‘shilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning birorta banki sanksiyalarga duch kelmagani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bryusselga tashrif buyurdi. Ertaga O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik haqidagi bitim imzolanishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar