13:19 / 17.04.2015
9 003

Putin: Rossiya o‘z qobig‘iga o‘ralib olmaydi

Putin: Rossiya o‘z qobig‘iga o‘ralib olmaydi

Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda rossiyaliklar bilan muloqot chog‘ida tashqi siyosat borasidagi bir qator savollarga javob berdi.

Putinning fikricha, bugun AQSh sobiq SSSRning xatolarini takrorlamoqda. Bu haqda “RIA Novosti”ga asoslanib “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng biz ko‘pgina Sharqiy Evropa davlatlariga o‘z taraqqiyot modelimizni kuch bilan o‘tkazishga harakat qildik, buni tan olish kerak. Buning yaxshi tomoni yo‘q, buning natijasini bugun ko‘rmoqdamiz. Amerikaliklar bugun o‘zlarini xuddi shunday tutmoqda, ular o‘z taraqqiyot modelini butun dunyoga o‘tkazmoqchi. Lekin ularni muvaffaqiyatsizlik kutmoqda”, – dedi Putin.

“O‘zini dunyodagi yagona kuch markazi deb hisoblaydigan ayrim yirik davlatlarga ittifoqchilar emas, bo‘ysunuvchilar kerak, – davom etdi u. – Men AQShni nazarda tutmoqdaman. Rossiya bunday munosabatlar tizimida ishtirok etmaydi”.

Putin Rossiya o‘zaro hurmat asosida ham G‘arb, ham Sharq davlatlari bilan aloqalar o‘rnatish tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, Rossiya etakchisi Evropa davlatlarining joriy qilgan sanksiyalari haqida fikr bildirdi.

“Sanksiyalar bilan bizga zarar etkazmoqchi bo‘lishyapti, lekin bu etarli darajada samara bergani yo‘q. Bunday yo‘llar bilan Rossiyaga bosim o‘tkazishga harakat qilishdan foyda yo‘q, hamkorlarimiz buni tushunadi deb o‘ylayman”.

“Biz labimizni cho‘chchaytirib, kimlardandir xafa bo‘lishimiz, o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolishimiz kerak emas. Biz har doim hamkorlikka tayyormiz”, – deb ta’kidladi Rossiya rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Rossiya o‘z qobig‘iga o‘ralib olmaydi