2016 yilning 31 dekabridan 2017 yilning 1 yanvariga o‘tar kechasi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Reina tungi klubida terakt amalga oshirildi. Bu haqda “Haber7.com” nashriga asoslanib “Qalampir.uz” sayti xabar bermoqda.
Tungi klubda Yangi yil bayrami nishonlanayotgan vaqtda Santa klaus libosidagi qurollangan shaxs klubga kirib, odamlarga qarata o‘q uza boshlagan. Istanbul gubernatori Vasip Shaxinning so‘zlariga qaraganda, terrorchi bir o‘zi bo‘lgan, guvohlar esa ular ko‘pchilik bo‘lganini aytmoqda.
Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning ma’lum qilishicha, terakt natijasida 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi yaralangan. Qurbonlardan 16 nafari xorijlik, 5 tasi turk ekani aytilmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, teraktni amalga oshirgan shaxs zudlik bilan klubni tark etib, avtomobilda qochgan. “Terrorchini qidirish ishlari davom etmoqda. Umid qilamanki, u tez orada qo‘lga olinadi”, deydi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”