10:43 / 03.01.2017
8 527

Xitoy OAVlari mamlakatdagi davlat korxonalari rahbarlarining maoshlarini oshkor qildi

Xitoy OAVlari mamlakatdagi davlat korxonalari rahbarlarining maoshlarini oshkor qildi

Xitoy OAVlari XXR Davlat kengashining mamlakat davlat korxonalari rahbarlarining maoshlari haqidagi ma’lumotlarini e’lon qildi, deb yozadi «Daryo».

Korporativ rahbariyatning bir qator vakillari yiliga oladigan maksimal maosh taxminan 1 million yuan (144 ming dollar), minimali esa 40—50 yuan (5,7—7,2 ming dollar)ni tashkil etadi.

Oshkor qilingan statistikaga ko‘ra, davlat sektori direktorlari orasida bor-yo‘g‘i 15 kishigina millionli daromad oladi. Xususan, ushbu guruhga China Merchants Group boshqaruv raisi Li Szyanxun kiradi: uning yillik maoshi 1,2 million yuan (172,8 ming dollar)ga teng.

Jami 40 ga yaqin kishi 800 ming yuan (115 ming dollar) atrofida maosh oladi, ularning katta qismi elektr ta’minoti sohasida rahbarlik qiladi.

Davlat kompaniyalari direktoratining o‘rtacha bir yillik maoshi 500—700 ming yuan (72—100 ming dollar)ni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy OAVlari mamlakatdagi davlat korxonalari rahbarlarining maoshlarini oshkor qildi