date
views 8 584

AQShda egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi

AQShda egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi

AQShning Arizona shtatida egizak aka-ukalar Everett va Soyer Shey 11 daqiqalik farq bilan, biroq shu bilan birga ulardan biri 2016 yilda mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da, ikkinchisi esa 2017 yil soat 00:01da dunyoga kelishdi. Bu antiqa voqea haqida USA Today portaliga tayangan holda Kun.uz ma’lum qildi.

Bolalarning ota-onalari Brendon va Xolli Sheyning aytishicha, nazariy jihatdan ular shunday bo‘lishini taxmin qilganlar: ayol tug‘ruqxonaga yangi yil kirishidan bir necha soat oldin olib kelingan. Juftlik 4 va 13 yoshli qiz farzandlari borligi sababli o‘g‘il farzand ko‘rganidan xursand ekanligini aytdi.

"O‘g‘il farzandlar bo‘lsa, yaxshi. Xush kelibsan oilaga, testosteron", deb hazillashgan bolalar otasi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi