
Janubiy Koreya AQSh prezidenti Donald Trampni mamlakatning eng oliy mukofoti — “Mugungva ordeni” bilan taqdirlaydi. Rasmiy Seul ma’lumotiga ko‘ra, Tramp shuningdek, tarixiy Shilla davriga oid oltin toj nusxasini ham sovg‘a sifatida oladi. Ushbu orden Janubiy Koreyaning milliy guli bo‘lgan pushti hibiskus sharafiga nomlangan.
Tramp Osiyo safarining yakuniy bosqichida Seulga yetib keldi. U bu safar davomida Malayziya va Yaponiyada ham rasmiy uchrashuvlar o‘tkazgan. Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myung Tramp bilan AQShning koreys mahsulotlariga qo‘llayotgan boj stavkalarini kamaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishi kutilmoqda.
Li Trampni Koreya yarimorolidagi tinchlik jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun “tinchlikparvar yetakchi” deb atadi. Shu sababdan unga “Mugungva ordeni” topshirilmoqda. Tramp esa Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yana uchrashishga tayyorligini bildirgan, biroq Pxenyan hozircha bunga javob bermagan.
Tramp va Li qadimiy Shilla qirolligiga oid tarixiy yodgorliklari bilan mashhur Gyongju shahridagi muzeyni ziyorat qilishi rejalashtirilgan. Trampga taqdim etiladigan oltin toj Koreya tarixidagi uzoq tinchlik davrining ramzi sifatida taqdim etilmoqda. Rasmiy Seul bu sovg‘ani ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik va hamkorlikning yangi davrini ifodalovchi belgidek talqin qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!