
Moskva shahridagi Domodedovo aeroportida 11 reys kechiktirildi, 9 reys esa bekor qilindi. Sheremetevo aeroportida ham 11 reys kechiktirildi va yana 11 reys bekor qilindi. «Yandeks. Raspisaniya» internet-resursida shu haqida xabar berildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Manbaga ko‘ra, hozircha faqat Vnukovo aeroportida barcha reyslar jadvalga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, reyslarning kechiktirilishi va bekor qilinishiga Moskvadagi ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 4 yanvarda boshlangan qor va izg‘irin kechga borib sezilarli darajada kuchayadi. Tunda shaharda 8-9 santimetrgacha qor yog‘ishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar