
Turkiya polisiyasi Dogan xoldingining sobiq bosh direktori va bosh huquqiy maslahatchisining idora va uylarini tintuv qilib, ularni qo‘lga oldi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Turkiyaning Dogan xoldingi OAV, moliya, turizm va energetika sohasida faoliyat yuritadi, shuningdek Hurriyet gazetasi va CNN Turk telekanaliga egalik qiladi.
Xolding kompaniyasida ma’lum qilinishicha, tintuvlar faqat shaxsiy idoralar va ikki xodimning uyida o‘tkazilgan. Huquq-tartibot organlarining harakatlari kompaniya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Polisiya iyul oyidagi harbiy to‘ntaruv harakatlarida ayblanayotgan muxolifat voiz Fathulloh Gulen tashkilotiga nisbatan yo‘lga qo‘yilgan tergov doirasida harakat qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar