Obama Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi

Obama Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi
Obama Evropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishga chaqirdi

AQSh prezidenti Barak Obama Yevropa Ittifoqini Minsk kelishuvlari to‘laligicha bajarilmaguniga qadar Rossiya nisbatan joriy qilingan iqtisodiy va siyosiy cheklovlarni saqlab qolishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

“Rossiya Minsk kelishuvlari shartlarini bajarmaguniga qadar cheklovlar hozirgi daraja va miqyosda saqlab qolinishi kerak”, – degan Obama Italiya bosh vaziri Matteo Rensi bilan o‘tkazilgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra tashkil etilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining navbatdagi sammitida Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni saqlab qolish masalasi ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.
Reuters agentligining eslatib o‘tishicha, 20 mart kuni Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk Ittifoqqa a’zo mamlakatlar rahbarlari sanksiyalarni saqlab turishga rozi bo‘lganligini aytib o‘tgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar