date

Tramp Nigeriyaga qo‘shin yuborish bilan ogohlantirdi

Tramp Nigeriyaga qo‘shin yuborish bilan ogohlantirdi

AQSHning prezidenti Donald Tramp Nigeriya hukumatini keskin ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, agar mamlakat rahbariyati nasroniy aholiga qarshi zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yishni to‘xtatmasa, Amerika hukumati barcha yordamni bir zumda to‘xtatadi.

“Nigeriya hukumati nasroniylarni o‘ldirishga ko‘z yumishda davom etsa, AQSH yordamini to‘xtatib, islom ekstremistlarini yo‘q qilish uchun qurolli kuchlarini yuborishi mumkin”, — deb yozgan Tramp o‘z bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi “sharmandagarchilikka aylangan vaziyat”ni tuzatish uchun qat’iy choralar ko‘rish vaqti kelgan. Shu bilan birga, Tramp AQSH Mudofaa vazirligiga ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish haqida ko‘rsatma berganini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Nigeriyaga qo‘shin yuborish bilan ogohlantirdi