Amerikaning otolaringologiya akademiyasi quloqlar gigienasi bo‘yicha yangilangan klinik qo‘llanmani chiqardi, deb yozadi «Daryo» nashri.
Quloqdagi oltingugurt organizmning eshitish yo‘lini himoya qilish, moylash va tozalash uchun mo‘ljallangan sekreti (shirasi) hisoblanadi. Eshitish yo‘li terisining muguz qatlami ko‘chishi pastki jag‘ harakati bilan birgalikda oltingugurtning asta-sekinlik bilan tashqariga siljib chiqishini ta’minlaydi. Ko‘pchilik odamlarda eshitish yo‘lining o‘ziga xos anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, quloqda ko‘p miqdorda oltingugurt to‘planib qoladi.
Tashqi eshitish yo‘lini tozalashda ba’zilar yordamchi vositalar, masalan, paxtali cho‘pchalardan foydalanadi. Ammo, yangilangan qo‘llanma mualliflari tadqiqotlarga tayanib fikr bildirishicha, bunday amaliyot nomaqbuldir.
Xususan, olimlar quloqlarni haddan tashqari ko‘p yuvish va ularni begona buyumlar kiritish orqali tozalashdan voz kechishni tavsiya qiladi, chunki bu eshitish yo‘liga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, infeksiya va quloq suyaklarining joyidan siljishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi