Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma’lum qildi. Bunga noqulay ob-havo, kuchli qor yog‘ishi sabab bo‘lgan.
Xabarlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirilgan, 20 mingga yaqin kishi issiq ovqat bilan ta’minlangan.
Anadolu agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Istanbulning ayrim hududlarida qor qalinligi 40 sm.ga etmoqda. Bosfor bo‘g‘ozi kemalar uchun yopib qo‘yilgan. Avtomobil yo‘llarini muz qoplagani ko‘plab avtohalokatlarga sabab bo‘lgan, ularda bir necha yirik yuk mashinalari ham ishtirok etgan.
Istanbul shahar ma’muriyati, o‘z navbatida, "Zeytinburnuspor" sport markazi binosida 700 dan ortiq uysizlarni to‘plab, ovqat bilan ta’minlagan. Shu bilan birga, qutqaruv xizmati kunu tun ishlayotgani ta’kidlanmoqda, deb yozmoqda Kun.uz sayti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi