
Turkiya rasmiylari o‘tgan yil noyabr oyi oxirlarida Suriyada bedarak yo‘qolgan ikki harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Harbiylarning o‘limi sabablari oshkor etilmadi. Anadolu agentligining xavfsizlik kuchlaridagi manbasi IShIDning asir olingan ikki harbiy tiriklayin yoqib yuborilgani haqidagi bayonotiga izoh bermadi.
Ikki serjant 29 noyabr — Suriya shimolidagi Al-Bob shahrini IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha operasiyadan beri bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida edi. Harbiylar jasadi G‘oziantep shahriga etkazilgani va dafn etish uchun tug‘ilgan viloyatlariga yuborilishi bildirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar