
AQSh Senati Barak Obama tashabbuskori bo‘lgan sog‘liqni saqlash islohoti — Obamacare bekor qilinishi jarayonini boshlash uchun ovoz berdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
51 senator jarayon boshlanishini ma’qulladi, 48 nafari esa qarshi chiqdi.
Saylangan prezident Donald Tramp 11 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyingi ilk matbuot anjumanida Obamacare’ni o‘zining «sifatli va arzon» dasturiga almashtirish niyatida ekanligini bildirdi. Biroq mazkur dastur tafsilotlariga to‘xtalmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar