date

Xitoylik millionerlar nega endi BAAni tanlayapti?

Xitoylik millionerlar nega endi BAAni tanlayapti?

So‘nggi yillarda xitoylik boy insonlar orasida yangi tendensiya kuzatilmoqda — ularning ko‘pchiligi o‘z hayoti yoki biznesini Birlashgan Arab Amirliklariga ko‘chirishni ma’qul ko‘rmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Avvalroq Osiyoning eng boy tabaqasi uchun Singapur asosiy yo‘nalish hisoblanardi. Ammo endilikda bu ustuvorlikni Dubay va Abu-Dabi kabi Fors ko‘rfazi shaharlari egallab bormoqda.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, oxirgi yillarda BAAda yashashni yoki biznes ochishni xohlovchi xitoyliklar soni keskin oshgan. Ular faqat ko‘chib o‘tish bilan cheklanib qolmayapti — ko‘pchilik mahalliy qonunlar asosida oilaviy ofislar tashkil etib, fuqarolikka ega bo‘lish imkonini ham izlamoqda.

BAA hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning o‘zida xorijliklarga qariyb 80 mingta “oltin viza” berilgan. Bu mamlakatga investitsiya kiritganlar uchun uzoq muddatli yashash huquqini beradi.

“Ko‘plab oilalar BAAga sarmoya yo‘naltirish maqsadida Singapurdagi mulklarini sotishdi”, — deydi BAAdagi M/HQ kompaniyasi rahbari Yan Mrazek.

Uning fikricha, Xitoy va Singapurdagi qattiq karantin qoidalari ayni paytda xitoylik sarmoyadorlarni BAA sari qiziqtirgan asosiy omillardan biri bo‘lgan.

Bugun Dubay nafaqat boylik va imkoniyatlar markaziga, balki yangi turmush tarzi va moliyaviy erkinlik izlayotganlar uchun ham eng jozibali manzilga aylanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik millionerlar nega endi BAAni tanlayapti?