date

83 yillik muhabbat: dunyodagi eng keksa oila tarixi (video)

83 yillik muhabbat: dunyodagi eng keksa oila tarixi (video)

AQSHning Florida shtatida yashovchi Layl va Eleonora Gittenslar dunyo rekordini yangilashdi — ular insoniyat tarixidagi eng keksa turmush qurgan juftlik sifatida rasman e’tirof etildi.

Layl va Eleonoraning tanishuv hikoyasi 1941 yilga borib taqaladi. Ular Klark universitetida o‘qiyotgan paytda bir-birini uchratishgan va bir yil o‘tib nikoh qurishgan. Biroq to‘ydan ko‘p o‘tmay Laylni Ikkinchi jahon urushiga chaqirishgan.

Shunda homilador Eleonora har kuni Laylga frontdan sog‘-salomat qaytishiga umid bilan xat yozgan. Uning ishonchi bekor ketmagan — Layl urushdan omon qaytib, oila yana birlashgan.

Bugun Layl 108, Eleonora esa 107 yoshda. Ular nafaqat yuz yoshdan oshgan nuroniylar, balki 83 yildan beri birga hayot kechirayotgan dunyodagi eng uzoq nikohga ega juftlikdir.

Uzoq umr va muhabbat sirini so‘raganlarga ular shunday javob berishadi:

— «Hammasi juda oddiy, shunchaki muhabbat bilan yashang!»

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » 83 yillik muhabbat: dunyodagi eng keksa oila tarixi (video)